locale OZ

Dubaydagi xalqaro CIS2* musobaqasida O’zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

Uchinchi kun yakunlariga ko‘ra esa Abdurahmon Abdullaev ham TOP-10 likka kirib, 10-o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dubaydagi xalqaro CIS2* musobaqasida O’zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar
photo: Ot sporti Uzbekistan

Dubaydagi xalqaro CIS2* musobaqasida O’zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

2025-yil 6–9-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro CIS2* darajasidagi nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi chavandozlari bilan bir qatorda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar.

Musobaqaning birinchi kunida o‘zbekistonlik chavandoz Abdullaev Abdurahmon yuqori mahorat va tayyorgarlik namoyon etib, 1-o‘rinni egalladi. Shu kuni hamyurtimiz Kurbanov Bekzod ham muvaffaqiyatli chiqish qilib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi kun bahslarida Bekzod Kurbanov barqaror natijalarni ko‘rsatib, 5-o‘rinni egalladi va TOP-10 likdan joy oldi.

Uchinchi kun yakunlariga ko‘ra esa Abdurahmon Abdullaev ham TOP-10 likka kirib, 10-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada 80 dan ortiq ot va chavandozlar ishtirok etganini inobatga olganda, bu natijalar O‘zbekiston ot sporti sohasida erishilayotgan yutuqlarning yorqin dalilidir.

Bu muvaffaqiyatlar sportchilarimiz xalqaro maydonda tobora raqobatbardosh kuchga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting