Dubayda sportda halollik masalalari muhokama qilinmoqda
20-Osiyo/Okeaniya mintaqaviy vazirlar uchrashuvida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
2025 yil 17–18 iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida sportda dopingga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan 20-Osiyo/Okeaniya MINTAQAVIY HUKUMATLARARO VAZIRLAR UCHRASHUVI bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi direktori Abror Sadikov hamda agentlik vakillari ham ishtirok etmoqda.
Yig‘ilish doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:
• mintaqada halol sportni ilgari surish va dopingga qarshi kurash;
• davlatlarning bu boradagi asosiy muammo va imkoniyatlari;
• WADAga a’zolik badallarini to‘lashga oid kelishuvlar;
• Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi hamda WADA o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolash va uni amalga oshirish mexanizmlari.
Bakradze Iman
Redaktor