locale OZ

Dubay Gran-prisida jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi

Dunyoning 46 ta mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dubay Gran-prisida jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi
Фото: ParalympicUz

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 46 ta mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston teram jamoasi a’zolari ham bahs olib bordi. Yakunda vakillarimiz tomonidan 2 ta oltin, 6 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Oltin:

Mahliyo Akramova (bulava uloqtirish)
Xurshid Qodirov (bulava uloqtirish).

Kumush:

Xurshid Qodirov (yadro uloqtirish)
Barotjon Baxtiyorov (yadro uloqtirish)
Barotjon Baxtiyorov (uzunlikka sakrash)
Barotjon Baxtiyorov (100 m masofaga yugurish)
Tolibboy Yo‘ldoshev (yadro uloqtirish)
Temur Giyazov (uzunlikka sakrash).

Bronza:

Jasur Xo‘jayev (yadro uloqtirish)
Sodiqjon Mamadiyev (uzunlikka sakrash)
Oybek Berdiyorov (yadro uloqtirish)
Azizbek Abdukarimov (yadro uloqtirish).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting