locale OZ

Doston Bozorov Temirov — Almabayev jangini tahlil qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Doston Bozorov UFC doirasida o‘tadigan Markaziy Osiyo derbisi — Ramazon Temirov va Asu Almabayev o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Bu jang juda og‘ir va murosasiz kechadi. Ikkisi ham o‘z yurtidagi eng zo‘r sportchilardan. O‘zbekistonda Ramazon Temirov eng tanilgan jangchi bo‘lsa, Qozog‘istonda Asu Almabayev katta nomga ega. Hozir Temirov yaxshi formadek. Eshitishimcha, u Tailandda tayyorgarlik ko‘ryapti. Menimcha, bu jangda Ramazon biroz ustunroq. Agar imkoniyatlarni foizda baholasak, 60/40 Temirov foydasiga. U hozir pik holatida, formasining eng yuqori cho‘qqisida, deyish mumkin, — dedi Bozorov.

Eslatib o‘tamiz, Temirov va Almabayev o‘rtasidagi jang 26 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting