locale OZ

Doston Bozorov: Chempionlik kamarimni o‘zbek sportchilariga qoldiraman

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Octagon League’ning engil vazn chempioni, o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Doston Bozorov kelgusi rejalari haqida Olamsport muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan intervyu o‘tkazdi.

“Chempionlik kamarimni 100% vakant qoldiraman. Ungacha faqat o‘zbek sportchilari da’vogar bo‘lishini istayman. Bizda bu vazn toifasida juda kuchli yigitlar bor. Shu bois, duolaringizdan umidvorman. Kamar o‘zimizning yigitlarda qolishini juda xohlar edim.

Bu kamarni bir yildan ortiq vaqt davomida sharaf bilan himoya qildim. Agar Octagon League’da qolganimda, yana anchagina vaqt menda bo‘lishi mumkin edi. Ammo endi, Xudo xohlasa, yangi maqsadlar sari yo‘l olyapman. Yangi cho‘qqilarni zabt etish niyatim bor. Shuning uchun, kamarni vakant qoldirishga qaror qildim. Ishonamanki, o‘zbek sportchilari uni munosib tarzda qo‘lga kiritadi”, — dedi Bozorov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting