locale OZ

Doniyor Saidov: \"Tajribali murabbiylarning taktik kurashiga guvoh bo‘lamiz\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Doniyor Saidov: "Tajribali murabbiylarning taktik kurashiga guvoh bo‘lamiz"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 2-iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.

Biz mazkur bahs oldidan buxoroliklarning tajribali futzalchisi Doniyor Saidov bilan bog‘landik.

"Ikkinchi iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsi oldidan tayyorgarlikni Buxoroda davom ettiryapmiz. Barchasi aʼlo darajada kechmoqda, deb o‘ylayman. Biz maydonga doimo g‘alaba uchun va muxlislarimizni xursand qilish uchun chiqamiz.

Bu safargi final "Oil star" uchun omadli kechadi va zafar quchib, kubokni boshimiz uzra baland ko‘taramiz, degan umiddamiz. Bu uchun bizda hamma narsa yetarli.

Menimcha, maydonda ikki jamoada ham ehtiyotkorlik yuqori bo‘ladi va darvozalar daxlsizligini saqlashga harakat bo‘lsa kerak. Ikkala jamoa murabbiylari tajribali bo‘lganligi sababli o‘yin taktik taraflama qiziqarli va tomoshabop bo‘lsa ajabmas".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting