Dominikanlik Kurashchilar qit’a chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahri va Boca Chica sohillari mezbonligida o‘tayotgan Panamerika chempionatining navbatdagi kun bahslari kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarga bag‘ishlandi.
Chempionat rasmiy ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda Panamerika Kurash Ittifoqi Prezidenti Xayme Kassanova Martines, Tashkiliy qo‘mita rahbari Israil Karabalo, PKU Texnologiyalar bo‘yicha direktori Luis Bogantes, Xalqaro Kurash instituti professori Kim Eur Jung, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi rasmiylari Uyg‘un Umarov va Sarvarxo‘ja Abbosxo‘jayev, shuningdek, 15 ta mamlakatdan kelgan delegatsiyalar va sport jamoalari ishtirok etdilar.
Ochilish marosimidan so‘ng bahslarga start berildi. Chempionat doirasidagi bellashuvlar yuqori raqobat, murosasiz kurash va sport ruhida o‘tdi. Turli yosh toifalarida o‘tkazilgan bahslar ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish natijalariga ko‘ra:
Dominikan Respublikasi — birinchi o‘rin
Kosta-Rika — ikkinchi o‘rin
Gvatemala — uchinchi o‘rin
Meksika — to‘rtinchi o‘rin
Panama — beshinchi o‘rinni egallashdi.
Chempionat g‘olib va sovrindorlariga medallar, diplomlar hamda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining WSP (World Series of Points) reytingi uchun muhim ochkolar taqdim etildi.
Shuningdek, Panamerika Kurash haftaligi doirasida Sohil Kurashi bo‘yicha qit’a chempionati ham bo‘lib o‘tdi va u ham ishtirokchilar uchun yorqin sport tantanasiga aylandi.