\"Dolzarb 90 kunlik\" doirasida yoshlar bilan kamondan otish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda
Yurtimiz boʻylab yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, sportni, ayniqsa, kamondan otish sport turini ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasida mazkur sport turini keng targʻib qilishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
70 nafar yoshlar ishtirok etgan mahorat darsi ishtirokchilarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari, Olimpiya zaxiralari kollejida ham ushbu sport turi boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi. Kamondan otish federatsiyasining malakali murabbiylari talabalarga sport turining Oʻzbekistondagi tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Shundan soʻng, kamondan otishning asosiy texnikalari namoyish etildi.
Mahorat darsi talabalarning amaliy ishtirokidagi mashgʻulotlar bilan yakunlandi va ularga oʻziga xos motivatsiya va tajriba boʻldi.