Doktor Chungvon Choy Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi
Prezident Choy milliy assotsiatsiyalarning 149 ta ovozidan 143 tasini oldi. Uning rahbar sifatidagi joriy muddati 2029-yilgacha davom etadi.
Janob Chungvon Chou 2004-yilda ilk marta Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti etib saylanganidan beri Jahon taekvondosini modernizatsiya qilish va o'zgartirishni nazorat qilib, bu sport turini Olimpiya o'yinlari dasturidan mustahkam o'rin olishini ta'minladi.
"Sizlar tomoningizdan oxirgi muddatga qayta saylanganimdan juda faxrlanaman. Va'da beramanki, biz yangi Kengash bilan birga sevimli taekvondo hamjamiyatimizni yaxshilash uchun yanada ko'proq harakat qilamiz", deydi prezident Choy.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Ijroiya kengashining yangilangan tarkibi:
Afrika
Farduza Yegue (Jibuti, 83 ovoz) – vitse-prezident lavozimiga saylandi
Mohamed Shaaban (Misr, 65 ovoz).
Osiyo
Ahmad Hamdan Alzeyoudi (BAA, 93 ovoz)
Hadvah Moavad (Saudiya Arabistoni, 80 ovoz).
Yevropa
Slavtcho Binev (Bolgariya, 90 ovoz)
Anna Vassallo (Malta, 65 ovoz).
Okeaniya
Loren Berns (Avstraliya, 46 ovoz)
Mayer Magabl (Avstraliya, 81 ovoz).
Pan Amerika
Mariya Rosario Borello Kastilyo (Gvatemala, 46 ovoz)
Inseon Kim (AQSh, 90 ovoz).
Qolgan to'rtta o'rinlar quyidagilarga ajratildi:
Anjelo Sito (Italiya, 87 ovoz)
Metin Shahin (Turkiya, 84 ovoz)
Richard Jey Uorvik (AQSh, 78 ovoz)
Kook Xyon Jung (Koreya, 74 ovoz).
E'tiborlisi, Butunjahon taekvondo federatsiyasining keyingi Bosh assambleyasi 2026-yilning 22 -aprel kuni poytaxtimiz Toshkent shahri mezbonlik qiladigan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida o'tkaziladi.