Diyorbek Ruzmetov Jahon Chempionati kumush medali sohibi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
eruning Lima shahrida boʻlib oʻtayotgan oʻsmirlar va yoshlar (U17-U20) oʻrtasidagi Ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Diyorbek Ruzmetov ajoyib natijalar bilan chiqish qildi.
67 kilogram vazn toifasida kurash olib borgan sportchi, dask koʻtarish boʻyicha 139 kg, siltab koʻtarish boʻyicha esa 163 kg natijani koʻrsatdi. Ikki kurashning umumiy miqdori 302 kg ni tashkil etib, Diyorbek Ruzmetov musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Xususan, u dask koʻtarish boʻyicha kumush medalga, siltab koʻtarish va umumiy hisobda esa bronza medallariga sazovor boʻldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor