locale OZ

Diyorbek Boybo‘lsinov va Muhayyo Abdusattorova juftligi Jahon kubogining ikkinchi bosqichida shohsupaga ko‘tarildi

Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun dastlabki medallarga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Diyorbek Boybo‘lsinov va Muhayyo Abdusattorova juftligi Jahon kubogining ikkinchi bosqichida shohsupaga ko‘tarildi
photo: suv sporti

Bolgariyaning Plovdiv shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun dastlabki medallarga ega chiqdi.

PR2 MIX2x dasturida saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlagan Diyorbek Boybo‘lsinov va Muhayyo Abdusattorova juftligi final bosqichida ham marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Vakillarimiz 8:25.10 soniyada marra chizig‘ini kesib o‘tishdi.

Jahon kubogining ertangi kunida yurtdoshlarimiz Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina PR3 MIX2x dasturi g‘olibligi uchun startga chiqadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting