locale OZ

Diyorbek Boybo‘lsinov Jahon kubogi sovrindori!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diyorbek Boybo‘lsinov Jahon kubogi sovrindori!
PHOTO: Telegram

Italiyaning Vareze shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk medalga ega chiqishdi.

Jahon kubogining kechagi bellashuvlari doirasida PR2m1x dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Diyorbek Boybo‘lsinov finalga qadar yetib bordi. Yakuniy poygada esa eshkak eshuvchimiz marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga ega chiqdi.

1-o'rin. Tirnan O'Donnell (Irlandiya) — 8:36.61
2-o'rin. Diyorbek Boybo‘lsinov (O‘zbekiston) — 8:42.71
3-o'rin. Yigit Dog‘ukan Bozkurt (Turkiya) — 8:43.73.

Bu akademik eshkak eshuvchilarimizning Italiyada o‘tayotgan Jahon kubogidagi ilk medaliga aylandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting