Diyora Keldiyorova ishtirok etadigan Aktau Asian Open 2026 turniriga qur’a tashlandi
Diyora Keldiyorova ishtirok etadigan Aktau Asian Open 2026 turniriga qur’a tashlandi
17-18 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha Aktau Asian Open 2026 turniri bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar berganimizdek, aynan shu musobaqada ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ishtirok etadi. Hamyurtimiz uchun bu Olimpiya o‘yinlaridan keyingi ilk turnir bo‘ladi.
Keldiyorova Aktau Asian Open 2026 musobaqasining eng yulduzli ishtirokchisi bo‘lib, amaldagi Olimpiada chempioni sifatida tilla rang yozuvli kimonoda tatamiga chiqadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Diyora o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichda qozog‘istonlik Nuraylim Sarsenbekka qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Umuman olganda, Aktau turnirida 7 davlatning jami 182 nafar dzyudochisi medallar uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida o‘zbekistonlik 25 nafar dzyudochi ham bor.