Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasiga nomzodlar qatorida
O‘zbekistonlik dzyudochi jahon yulduzlari bilan bir qatorda Xalqaro federatsiya komissiyasi a’zoligi uchun kurashmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Budapeshtdagi jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasiga a’zolik uchun saylov jarayoni boshlandi. Mazkur saylovda faqatgina akkreditatsiyadan o‘tgan sportchilar ovoz berish huquqiga ega.
O‘zbekiston sport jamoatchiligi uchun muhim yangilik shundaki, ushbu nufuzli komissiyaga a’zolik uchun nomzodlar orasida Parij-2024 Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ham ko‘rsatilgan.
Ushbu saylovda Keldiyorovaga dunyo dzyudosining mashhur vakillari — ukrainalik Darya Bilodid, yaponiyalik Ryonosuke Haga, avstraliyalik Nathan Katz hamda braziliyalik Ketlyn Quadros raqobat qilmoqda.
Saylov natijalari jahon chempionati yakunlaridan so‘ng e’lon qilinadi.

Bakradze Iman
Redaktor