locale OZ

Diyora Keldiyarova IJF sportchilar komissiyasi a’zosi bo‘ldi

O‘zbekistonlik dzyudochi jahon chempionati paytida tuzilgan komissiya tarkibiga kiritildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vengriyada o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati — OTP Bank World Judo Championships Hungary 2025 musobaqasi davomida xalqaro sportchilar tomonidan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) sportchilar komissiyasiga saylovlar o‘tkazildi. Saylangan a’zolar 2025–2029 yillar davomida faoliyat yuritadi.

Komissiya to‘qqiz nafar a’zodan iborat: ularning besh nafari sportchilar ovozi orqali, qolgan to‘rt nafari esa IJFning Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tayinlanadi. Bu yil beshta qit’adan 20 nomzod qatnashdi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra quyidagi nomzodlar saylandi:
Jasmin Martin (JAR) — Afrika dzyudo ittifoqi (AJU)
Kim Polling (Italiya) — Yevropa dzyudo ittifoqi (EJU)
Ryunosuke Haga (Yaponiya) — Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA)
Natan Kats (Avstraliya) — Okeaniya dzyudo ittifoqi (OJU)
Ivan Felipe Silva Morales (Kuba) — Panamerika konfederatsiyasi (PJC)

Ijroiya qo‘mita tomonidan tayinlangan a’zolar:
Nora Jakova (Kosovo)
Hidayat Haydarov (Ozarbayjon)
Diyora Keldiyarova (O‘zbekiston)
Lukash Krpalek (Chexiya)

Yaqin kunlarda komissiya yangi raisi saylanishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting