locale OZ

«Dinamo» futzal klubi endi «Samarqand» nomi ostida faoliyat yuritadi

Qadimiy shahar futzal jamoasi endi “Samarqand” nomi ostida musobaqada ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Dinamo» futzal klubi endi  «Samarqand» nomi ostida faoliyat yuritadi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” PFK qoshidagi “Dinamo” futzal klubi tez orada boshlanadigan futzal bo‘yicha 2026-27 yilgi Oliy liga yangi mavsumiga rasmiy ravishda yangi nom bilan qatnashadi.

“Dinamo” PFKda transformatsiya jarayoni davom etmoqda va iyul oyidan boshlab “Dinamo” futzal klubi “Dinamo” PFK qoshida bo‘lmaydi. Yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rayotgan qadimiy shahar futzal jamoasi endi “Samarqand” nomi ostida musobaqada ishtirok etadi.

O‘zbekiston futzaliga yuzlab iqtidorli o‘yinchilar va malakali murabbiylarni yetishtirib bergan viloyatning bosh jamoasida yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari avj pallaga kirgan. Klub o‘tgan mavsumdagi asosiy tarkib o‘zagini saqlab qolgan holda, jamoani viloyat futzal maktabi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan tajribali va mahoratli futzalchilar hisobiga kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, xorijdan ham yuqori saviyadagi futzalchilarni taklif etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Klub o‘zining yangi logotipini rasmiy tasdiqlab, O‘zbekiston futzal federatsiyasiga taqdim etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting