locale OZ

Dilshod Rahmatov: «Qiyin o‘yin bo‘ldi. «Surxon» yaxshi himoyalandi»

Futzal bo‘yicha Oliy ligada 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshod Rahmatov: «Qiyin o‘yin bo‘ldi. «Surxon» yaxshi himoyalandi»
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha Oliy liga 2-tur 4-kun bahslarida BMB klubi “Surxon”ni 8:2 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Qiyin o‘yin bo‘ldi. “Surxon” futzalchilari tartibli himoyalandi. Jamoamiz o‘yin boshida 12-13 daqiqa ichida o‘ziga kelishi qiyin bo‘ldi. Natijada ikki marta oson golni o‘tkazib yubordik.

Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zlariga kelishdi va raqibning himoyadagi muammolarini topishga erishdi. Shu sababli yirik hisobda g‘alaba qozondik.

Garchi g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, o‘yindan ko‘nglim to‘lmadi. Bir tempda harakat qila olmadik. Xatolarimiz borligi ko‘rinib qoldi”, - dedi Dilshod Rahmatov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting