locale OZ

Dilorom Turdiqulova 2024/2025 mavsumining eng yaxshi Osiyo shpaga hakami deb topildi

Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi (AFC) bugun Hindistonning Nyu-Dehli shahrida 2024/2025 mavsumining eng yaxshi hakamlarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilorom Turdiqulova 2024/2025 mavsumining eng yaxshi Osiyo shpaga hakami deb topildi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Dilorom Turdiqulova 2024/2025 mavsumining eng yaxshi Osiyo shpaga hakami deb topildi.
Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi (AFC) bugun Hindistonning Nyu-Dehli shahrida 2024/2025 mavsumining eng yaxshi hakamlarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

O'zbekistonlik xalqaro hakam Dilorom Turdiqulovaga "2024/2025 mavsumining eng yaxshi Osiyo shpaga hakami" faxriy unvoni berildi va Osiyo EFning eng yaxshi hakami deb topildi.
Mukofot Dilorom Turdiqulovaga Nyu-Dehlida bo'lib o'tgan marosimda OFK Tibbiy komissiyasi raisi doktor Hazem Abed tomonidan topshirildi.

Ushbu yuksak e'tirof ko'p yillik professionallik, xolis hakamlik va xalqaro miqyosda qilichbozlik rivojiga qo'shgan ulkan hissasi natijasidir.

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Dilorom Turdiqulovani ushbu nufuzli yutug'i bilan chin dildan tabriklaydi va unga xalqaro maydonda muvaffaqiyatlar, yangi professional cho'qqilar va ajoyib yutuqlarni tilaydi!
Tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting