locale OZ

Dibala «Boka Xuniors»ga yo'l olishi mumkin

Futbolchining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dibala «Boka Xuniors»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala yozgi transfer oynasida «Boka Xuniors» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar yangi bitim borasida muzokara olib bormayapti.

«Boka Xuniors» klubi esa Dibalani o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Hozirda u jarohat sabab maydonga tushgani yo'q. Ehtimol, u uchun mavsum yakuniga yetgan.

Joriy mavsumda Paulo barcha musobaqalarda 21 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting