Diana Isakova Samarqanddagi triatlon bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichida g‘olib chiqdi
Rossiyalik triatlonchi Diana Isakova Samarqandda (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tgan triatlon bo‘yicha Jahon Kubogining navbatdagi bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. Isakova ushbu natija bilan faoliyatida ilk marta Jahon Kubogi bosqichida g‘alaba qozondi. U musobaqani 1 soat 59 daqiqa 54 soniya natija bilan yakunladi. Frantsiyalik Lea Konninks yetakchidan 31 soniya ortda qolib ikkinchi, italiyalik Konstansa Arpinelli esa 32 soniya farq bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Eʼtiborlisi, rossiyalik sportchilar triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi ikki Jahon Kubogi bosqichida ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Chendudagi bosqichda Valya Ryasova g‘alaba qozongan, ammo u Samarqandda veloetapda halokatga uchragan edi.
Rossiyalik sportchilar xalqaro triatlon federatsiyasi (World Triathlon)ning musobaqalarida neytral maqomda ishtirok etmoqda.