locale OZ

Demetrius Jonson Topuriya va Getji oʻrtasidagi jangga prognoz berdi

Ushbu toʻqnashuv 15-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Demetrius Jonson Topuriya va Getji oʻrtasidagi jangga prognoz berdi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida UFC va One Championship sobiq chempioni, amerikalik Demetrius Jonson 70 kg gacha boʻlgan vazn toifasida UFCʼning magʻlubiyatsiz 29 yoshli chempioni Ilia Topuriya hamda yengil vaznda UFC vaqtinchalik kamari sohibi, amerikalik Jastin Getji oʻrtasidagi jangga oʻz prognozini maʼlum qildi.

«Agar tanlashga toʻgʻri kelsa, men Ilia Topuriyaning nokaut evaziga gʻalaba qozonishiga tikkan boʻlardim, chunki bu yigit buni uddalashni biladi. Topuriya Jastinni nokaut qilish uchun uni muvozanatdan chiqarishga harakat qiladi”, — deya Jonsonning soʻzlaridan keltirmoqda talkSPORT nashri.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jang Vashingtonda (AQSH) boʻlib oʻtadigan «UFC White House — Freedom 250» turnirining markaziy voqeasi boʻladi. Jang kechasi 15 iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting