locale OZ

Delegatsiya a’zolari Olimpiya shaharchasi bilan tanishdi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Delegatsiya a’zolari Olimpiya shaharchasi bilan tanishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Olimpiya shaharchasi majmuasi bilan tanishdi.

Xususan, Osiyo qit’asi mamlakatlaridan kelgan delegatsiyalar a’zolari hamda Bruney mamlakati Olimpiya qo’mitasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi a’zosi, shahzoda Sufri Bolkiya boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Olimpiya shaharchasi majmuasi bilan tanishish maqsadida ushbu manzilga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlarga shaharchadagi "Velodrom", "Markaziy o'yingoh", "Suv sport", "Jamoaviy sport turlari" va "Yakkakurash sport turlari" binolari va ularda yaratilgan sharoitlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu noyob majmua mamlakat sport rivojida muhim ahamiyat kasb etishi mehmonlar tomonidan e’tirof etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting