De Plessis: «Jastinning ashaddiy muxlisiman, lekin bu jangda Iliya g‘alaba qozonadi»
Sobiq chempion o‘z taxminlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
Janubiy afrikalik sobiq chempion Drikus du Plessis 15 iyun kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda gruziyalik Iliya Topuriya va amerikalik Jastin Getji o‘rtasida yengil vazn toifasida chempionlik uchun bo‘lib o‘tadigan jang haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Getji men sevib tomosha qiladigan jangchilarning top-3 taligiga kirmasa ham, top-5 ligiga kiradi. Bu yigit o‘z faoliyati davomida birorta ham zerikarli jang o‘tkazmagan. U shunchaki zerikarli janglarda ishtirok eta olmaydi, chunki uning uslubi shunday. U har doim oktagonga raqibini nokaut qilish va haqiqiy urush uyushtirish niyatida chiqadi. Men Jastinning ashaddiy muxlisiman, lekin bu jangda Iliya g‘alaba qozonadi”, – dedi du Plessis Fight Forecast podkastida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist