locale OZ

«Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» Respublika bosqichining final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» Respublika bosqichining final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkentda “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining futbol va mini futbol bo‘yicha Respublika yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mini futbol qizlar:

3-o‘rin uchun Samarqand viloyati va Sirdaryo viloyati jamoalari maydonga tushadi, o‘yin bugun soat 8:00 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Finalda Navoiy viloyati va Toshkent shahri jamoalari maydonga tushadi, o‘yin 9:15 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Mini futbol o‘g‘il bolalar:

3-o‘rin uchun Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona viloyati jamoalari maydonga tushadi, o‘yin soat 8:00 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Finalda Samarqand viloyati va Toshkent shahri jamoalari maydonga tushadi, o‘yin 9:15 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Mini futbol o‘yinlarining taqdirlash marosimi soat 11:00 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Katta futbol:

3-o‘rin uchun Toshkent shahar va Farg‘ona viloyati jamoalari maydonga tushadi, o‘yin soat 8:00 da Bunyodkor akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Finalda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Abdurahmon Jomiy mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Qoratepa mahallasi yoshlari bilan kuch sinashadi.

Mazkur final o‘yini JAR sport majmuasida 18:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting