locale OZ

Dastin Porye mast holatda jamoat joyida koʻringani uchun hibsga olindi

Hozirda Dastin allaqachon qoʻyib yuborilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dastin Porye mast holatda jamoat joyida koʻringani uchun hibsga olindi
Dastin Porye mast holatda jamoat joyida koʻringani uchun hibsga olindi

Yengil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC sobiq vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, 37 yoshli amerikalik Dastin Porye kecha, 21-iyun kuni jamoat joyida alkogol taʼsirida mast holatda boʻlgani uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlandi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.

Biroq Poryening hibsga olinishi bilan bogʻliq aniq tafsilotlar hozircha maʼlum emas. Ayni paytda Dastin allaqachon qoʻyib yuborilgan va erkinlikda hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, Jorjiya shtati qonunchiligiga koʻra, jamoat joyida mast holatda paydo boʻlganlik uchun ayblov tasdiqlangan taqdirda bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va/yoki jarima jazosi belgilanishi mumkin.

Porye oʻzining aralash yakkakurashlardagi professional faoliyati davomida 30 ta gʻalaba (shulardan 24 tasi muddatidan oldin) qayd etgan, 10 bor magʻlubiyatga uchragan va uning ishtirokidagi bitta jang oʻtkazilmagan deb topilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting