Dastin Porie faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Hollowayga yutqazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Getty Images
AQShning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahrida joylashgan Smoothie King Center majmuasida MMA bo‘yicha UFC 318 turniri bo‘lib o‘tdi.
Turnirning markaziy jangi engil vazn toifasida BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Holloway hamda ushbu vazn toifasida vaqtinchalik kamarning sobiq egasi Dastin Porie o‘rtasida kechdi.
5 raund etib belgilangan titul jangi to‘liq davom etdi. Hakamlarnig yakdil qarori bilan Holloway g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, Maks raqibini birinchi marta nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgan edi.
Bu Dastin uchun faoliyatidagi nafaqat so‘nggi jang, balki trilogiyaning finali bo‘ldi. MMA jangchisi rasmiy ravishda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
Bahrom Bobonov
Redaktor