locale OZ

Daniil Yeybog 1500 metr masofadagi bahslarni 14-oʻrinda yakunladi

Hamyurtimiz Daniil Yeybog 1500 metr masofadagi chiqishini tugatdi. “B” finalida qatnashgan Yeybog marraga 5-boʻlib yetib keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Daniil Yeybog 1500 metr masofadagi bahslarni 14-oʻrinda yakunladi
photo: MOQ

Short-trekchimiz Daniil Yeybog 1500 metr masofada kechgan chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamyurtimiz oʻz guruhida 2:16.963 vaqt bilan 3-boʻlib finishga yetib keldi va yarim finalga yoʻl oldi.

Daniil Yeybog “B” finalida qatnashadi

Short-trekchimizning yarim finaldagi chiqishi nihoyasiga yetdi. Yeybog oʻz guruhida roppa-rosa 2 daqiqa 18 soniyada bilan 3-boʻlib finishga keldi.

Afsuski, bu “A” finaliga yoʻllanma olish uchun yetarli boʻlmadi. Endi u “B” finalida 10-16-oʻrinlar uchun kurash olib boradi.

Hamyurtimiz Daniil Yeybog 1500 metr masofadagi chiqishini tugatdi. “B” finalida qatnashgan Yeybog marraga 5-boʻlib yetib keldi.

Ushbu natija bilan u mazkur masofadagi chiqishini 14-pogʻonada tugatdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting