locale OZ

Dakar shahrida Xalqaro Ot Sporti Federatsiyasi (FEI) tomonidan tashkil etiladigan FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘ladi

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston nomidan Sharipov Akbar ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dakar shahrida Xalqaro Ot Sporti Federatsiyasi (FEI) tomonidan tashkil etiladigan FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘ladi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025 yil 25–30 noyabr kunlari Senegal Respublikasining Dakar shahrida Xalqaro Ot Sporti Federatsiyasi (FEI) tomonidan tashkil etiladigan FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston nomidan Sharipov Akbar ishtirok etadi.

Chempionatda qatnashish tartibiga muvofiq, sportchi va uning oti hozirda tegishli texnik reglamentlar asosida o‘tkazilayotgan ot ko‘rigi va otni taqdim etish (vyvodka) bosqichlaridan o‘tmoqda. Mazkur jarayon FEI talablari hamda xalqaro veterinariya me’yorlariga to‘liq muvofiq amalga oshirilmoqda.

FEI Jumping World Challenge Final 2025 musobaqasida ishtirok etish mamlakatimiz ot sportini rivojlantirish, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish hamда sportchilarimizning tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

Tashkilotchilar tomonidan Sharipov Akbarga yuksak muvaffaqiyatlar tilanadi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilarining barchasiga omad va muvaffaqiyatli startlar yor bo‘lishi tilanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting