locale OZ

Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda

Mazkur nufuzli musobaqa Fédération Équestre Internationale (FEI) tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning eng kuchli chavandozlari ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

FEI Jumping World Challenge Final 2025

Afrika qit’asining Senegal davlati, Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa Fédération Équestre Internationale (FEI) tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning eng kuchli chavandozlari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini ushbu chempionatda yurtimizning iqtidorli chavandozi Sharipov Akbar himoya qilmoqda.

Bugungi kunga kelib, Sharipov Akbar musobaqada yuqori mahorat va barqaror natijalar namoyish etib, kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi hamda 4-o‘rinni egalladi.

Bu natija O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi o‘sib borayotgan raqobatbardoshligi va salohiyatidan dalolat beradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting