locale OZ

CSI1-W Jahon Kubogi – 2-bosqich boshlandi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CSI1-W Jaxon Kubogi – 2-bosqich boshlandi!
PHOTO: Telegram

24-aprel kuni otlarni veterinar ko‘rigidan o‘tkazish bilan start olgan CSI1*-W FEI Jumping World Cup Eurasian League musobaqasining 2-bosqichi bugun, 25-aprel kuni birinchi bellashuvlar bilan boshlandi.

Sportchilar jasorat, aniqlik va uyg‘unlikda ishlash mahoratini namoyon etgan ushbu kunda quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

CSI1-W Competition 1 – 125 sm*
Aniqlik va tezlik talab etiluvchi ushbu bosqichda quyidagi chavandozlar peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi:

1-o‘rin – Kurbanov Bekzod – Santos Hippica
(O‘zbekiston)
2-o‘rin – Sokolenko Oleg – Cinderalla
(Qozog‘iston)
3-o‘rin – Erkinov Alisherjon – Etos
(O‘zbekiston)

Maxima Masters Eurasia Cup – Competition 1 – 125 sm
Mintaqaviy musobaqaning ilk bahsida esa natijalar quyidagicha:

1-o‘rin – Kurbanov Bekzod – Santos Hippica
(O‘zbekiston)
2-o‘rin – Erkinov Alisherjon – Etos (O‘zbekiston)
3-o‘rin – Negmatov Ashrafxon – Casamira
(O‘zbekiston)

CSI1-W Competition 2 – 140 sm*
Yuqori to‘siqlar sinovida tajriba, tezlik va ishonch muhim rol o‘ynadi:

1-o‘rin – Sharipov Akbar – Affir (🇺🇿 O‘zbekiston)
2-o‘rin – Batalova Xeniya – Lady DI
(Qozog‘iston)
3-o‘rin – Alimdjanov Xurshidbek – Champions League
(O‘zbekiston)

Maxima Masters Eurasia Cup – Competition 2 – 140 sm
Ushbu bosqichda quyidagi chavandozlar yetakchilik qildilar:

1-o‘rin – Batalova Xeniya – Lady DI
(Qozog‘iston)
2-o‘rin – Alimdjanov Xurshidbek – Champions League (O‘zbekiston)
3-o‘rin – Turg‘unboyev Saidimrxon – Calleko
(O‘zbekiston)

Milliy musobaqa – 110 sm
Xalqaro musobaqa doirasida o‘tkazilgan milliy bahslar ham katta qiziqish uyg‘otdi:

1-o‘rin – Usmanov Ulug‘bek – Karina
2-o‘rin – Shokirov Dilshod – Kaskad
3-o‘rin – Xotambekov Jasur – Yodkasal

Musobaqalar davom etmoqda!
24–27 aprel kunlari davomida ot sportining eng nufuzli bellashuvlari –
Jahon kubogi 2-bosqichi, Maxima Masters Eurasia, va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi muhlislarni unutilmas lahzalar bilan quvontiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting