locale OZ

CISM Kurash Challenge Cup — tashkiliy masalalar muhokama markazida

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh qarorgohida “CISM Kurash Challenge Cup” musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CISM Kurash Challenge Cup — tashkiliy masalalar muhokama markazida
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh qarorgohida “CISM Kurash Challenge Cup” musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Kurash sporti 2025 yil may oyida Xalqaro harbiy sport Kengashi (CISM) tomonidan rasman harbiy sport turi sifatida e’tirof etildi. Ushbu tarixiy qarordan so‘ng ilk bor CISM taqvim rejasiga muvofiq joriy yilning 4–9 sentyabr kunlari Toshkent shahrida CISMga a’zo davlatlar Kurash federatsiyalari ishtirokida CISM Kurash Challenge Cup musobaqasi tashkil etilishi rejalashtirilganUchrashuv davomida musobaqani yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish, xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, sport inshootlari tayyorgarligi, axborot siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy, Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari Mansur Mamadaminov va Maksim Suxov, shuningdek, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Kadirov hamda Rais yordamchisi Sardorbek Karimov ishtirok etdilar.

Muhokamalar chog‘ida IKA Bosh kotibi mazkur musobaqa CISM doirasida harbiylar o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Qayd etilganidek, musobaqada 30 dan ortiq davlat sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda, bellashuvlar esa 13 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, yig‘ilishda musobaqa Nizomini tayyorlash, rasmiy logotipni ishlab chiqish, targ‘ibot-tashviqot roliklarini tayyorlash hamda xalqaro media qamrovini kengaytirish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

“CISM Kurash Challenge Cup” nafaqat harbiy sport hamjamiyati, balki butun jahon Kurash oilasi uchun muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting