ChL. Manchester Siti ispaniyaga safar qildi va Vilyarrealni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi
Yevropa Chempionlar ligasining 3-turi doirasidagi Vilyarreal hamda Manchester Siti jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda Ispaniyaga safar qilgan inglizlar 0:2 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yindagi gollarga Holand hamda Silva mualliflik qildi.
YECHL. 3-tur
Vilyarreal — Manchester Siti 0:2
Gollar: Holand 17, Silva 40
Vilyarreal – Junior, Mourinio, Foyt, Veyga, Pedrasa (Kardona, 46), Byukenen (Moleyro, 66), Parti, Komesanya (Peres 72), Gey (Parexo, 81), Pepe, Mikautadze (Oluvaseyi, 66).
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, Gvardiol, Stounz, Niko (Kovachich, 57), Silva, Levis (Reynders, 73), Savinio (Marmush, 86), Doku (Bobb, 72), Holand (Sherki, 86).
Ogohlantirishlar: Pedrasa 11, Mourinio 45, Marselino 53, Gey 75, Moleyro 85 — Silva 22, Diash 65