Chirchiqda zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi
Yangi sport zali yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Chirchiq shahrining “Nur” mahallasida qurilgan zamonaviy sport zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Maxmudov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Bobokulov va shahar hokimi M.Abdurahimov ishtirok etdi.
O‘tgan asrning 35-yillarida qurilgan bino joriy yilda open budget doirasida ajratilgan
1,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan to‘liq qayta barpo etildi.
Inshootning “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichlari o‘tayotgan paytda ochilishi uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Yangi sport zali yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, marosim doirasida “Yashil makon” loyihasi asosida daraxt ekish ishlari ham amalga oshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist