locale OZ

Chirchiqda O‘zbekiston va Hindiston og‘ir atletikachilarining qo‘shma yig‘ini boshlandi

O’zbekiston og’ir atletika fedrratsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ham ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Chirchiqda O‘zbekiston va Hindiston og‘ir atletikachilarining qo‘shma yig‘ini boshlandi
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

hirchiq shahrida xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga start berildi. 9-mart sanasidan e’tiboran Hindiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi a’zolari O’zbekiston ayollar terma jamoasi bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqda.

Mazkur qo‘shma yig‘in ikki mamlakat sportchilari uchun tajriba almashish, mahoratni oshirish hamda kelgusi nufuzli musobaqalar oldidan tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Bugun mashg‘ulot jarayonlarida O’zbekiston og’ir atletika fedrratsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ham ishtirok etdi. Shaxrillo Sharipovich terma jamoa murabbiylari bilan suhbatlashib, sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, mashg‘ulotlar sifati hamda kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting