China National Sports Group vakillari uchrashuv o'tkazildi
Sport vazirligida China National Sports Group (CNSG) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi
Uchrashuvda Sport vaziri o'rinbosarlari Murad Ismailov va Avazjon Karimov hamda CNSG kompaniyasi boshqaruvi raisi Wang Ning hamda ushbu kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilish masalalari, shaharcha hududidagi barcha obyektlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, bunda ushbu inshootlarda kelgusida nufuzli xalqaro sport musobaqalari, ommaviy-madaniy tadbirlar o'tkazilishini ham inobatga olish zarurligi ta'kidlandi.
Yig'ilish davomida Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilishga doir masalalarni o'z vaqtida va sifatli tarzda amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.