locale OZ

«Chimgan Challenge 2026» tog‘ festivaliga start berildi

An’anaviy festival joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chimgan Challenge 2026» tog‘ festivaliga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent viloyatining go‘zal va so‘lim hududlaridan biri — Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilari ishtirokida an’anaviy “Chimgan Challenge 2026” tog‘ festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirga turli tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari jalb etilib, ular amaliy tajriba almashish, o‘z sohalarida sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish yo‘llari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Shu bilan birga, seminar mashg‘ulotlari davomida sportni ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida zamonaviy yondashuvlar va samarali usullar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Mazkur tadbir doirasida mini futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllantiriladi.

Mazkur loyiha sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning salohiyatini oshirish, hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu an’anaviy festival joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting