Chimayev qachon yarimog'ir vaznga oʻtishini aytdi
31 yoshli jangchi hozirda oʻrta vaznda ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
31 yoshli amaldagi UFC chempioni, BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat Chimaev o‘rta vazn toifasida yana bir jang o‘tkazishni rejalashtirayotganini va keyin yarimog‘ir vaznga ko‘chishni ma’lum qildi.
«Mening vazn toifamda Imavov, Striklend, Ernandes… Kim bo‘lsa ham, farqi yo‘q. Hamma variantlar katta chek va yaxshi pulga o‘xshaydi. Lekin men faqat bitta jangni o‘tkazib, keyin yarimog‘ir vaznga ko‘chishni xohlayman», — dedi Chimaev ESPNga bergan intervyusida.
Xamzat Chimaev Shimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag‘lubiyatsiz chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan 16-jangchi bo‘ldi. Chechenistonlik sportchining rekordida 15 g‘alaba bor, shulardan 12 tasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist