locale OZ

Chimayev Pereyrani Oq uyda jangga chorladi

Ushbu jang oqshomi 2026 yilning yozida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chimayev Pereyrani Oq uyda jangga chorladi
FOTO: Getty Images

UFC’ning o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi amaldagi chempioni Hamzat Chimaev yarimog‘ir vazn chempioni Aleks Pereyrani jangga chorladi. 31 yoshli mag‘lubiyatsiz jangchi ushbu bahsni 2026 yil yozida Oq uy maysazorida o‘tkaziladigan turnir doirasida tashkil etishni taklif qildi.

«Qani ketdik, Oq uyda! Aleks Pereyra, xavotir olma, seni tezda tugataman. Barcha braziliyalik muxlislar, agar qo‘rqmasa, shu yigitga ayting — men bilan jang qilsin», — deb yozdi Chimaev X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Hamzat Chimaev 31 yoshda. U 2020 yilda UFC’da debyut qilgan. 2025 yil avgustida janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, o‘rta vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Chimaevning UFC’dagi umumiy rekordi — 9 ta jang, 9 ta g‘alaba.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting