Chimayev jamoasi chempionlik janggi bo'yicha muzokaralar bo'layotganini tasdiqladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi Hamzat Chimayev jamoasi Drikus dyu Plessi bilan iyun oyida bo'lib o'tishi kutilayotgan chempionlik janggi bo'yicha muzokaralar bo'layotganini tasdiqladi.
“Hamzatning chempionlik janggi yaqin orada e'lon qilinishi mumkin. Hozircha hal qiladigan ba'zi masalalar bor, ammo hammasi joyida bo'ladi. Jang iyun oyida bo'lib o'tishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Hamzat 2020-yilda UFC'da debyut qilgan. O'zining so'nggi janggini esa o'tgan yilning oktyabr oyida UFC 308 turniri doirasida Robert Uittakerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq g'alaba qozongandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist