Chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish yo‘lida muhim tashabbus
14 ta hududiy federatsiyaga sport jihozlari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Yurtimizda chim ustida xokkey sport turini yanada rivojlantirish, sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 14 ta hududiy federatsiyaga sport jihozlari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar asosida xarid qilingan ushbu jihozlar sportchilarning muntazam va sifatli mashg‘ulotlar olib borishi, ularning professional mahoratini oshirish hamda yuqori sport natijalariga erishishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur tashabbus hududlarda chim ustida xokkey sport turini ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni tayyorlashga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist