locale OZ

Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi — bronza sovrindori va Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasi sohibi

Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari musobaqalari joriy yilning 19-sentabr – 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi — bronza sovrindori va Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasi sohibi
Фото: Спорт вазирлиги

Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari saralash turniri O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi uchun yorqin natijalar bilan yakunlandi.

Vakillarimiz musobaqa davomida yuqori darajadagi iroda, intizom va jamoaviy o‘yinni namoyish etib, muddatidan avval Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Guruh bosqichida jamoamiz:
Shri-Lankaga qarshi bahsda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Xitoy Taypeyini 8:0 hisobida mag‘lub etib, Bangladesh bilan durang natija qayd etdi
Yarim final bosqichi ham nihoyatda keskin o‘tdi — O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa omad raqib tomonda bo‘lib, 5:4 hisobida Ummon final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston Indoneziyaga qarshi maydonda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston chim ustida xokkey bo‘yicha terma jamoasi Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari ishtirokchisi sifatida tarixiy natijaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari musobaqalari joriy yilning 19-sentabr – 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting