locale OZ

Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi

Aichi-Nagoya yozgi Osiyo o‘yinlari 19-sentabr - 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi
Фото: Спорт вазирлиги

Tailandning Bangkok shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar terma jamoalari o‘rtasida 2026 yilgi Osiyo o‘yinlariga saralash turniri o‘tkazilmoqda.

Ahamiyatlisi, musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval yozgi Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasini hal qilib ulgurdi.

Vakillarimiz o‘z guruhida Shri-Lankaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Xitoy Taypeyi ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchinchi turda Bangladesh bilan durang qayd etgan chim ustida xokkeychilarimiz Osiyo o‘yinlariga litsenziya oldi.

Aichi-Nagoya yozgi Osiyo o‘yinlari 19-sentabr - 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting