locale OZ

Chim ustida xokkey bo‘yicha Central Asia Championship turniri yakunlandi

Qit'aning eng kuchli jamoalari yig‘ilgan musobaqada 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chim ustida xokkey bo‘yicha Central Asia Championship turniri yakunlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 10-17-oktyabr kunlari Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Qit'aning eng kuchli jamoalari yig‘ilgan musobaqada 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra:

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi,
2-o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi,
3-o‘rinni Gong Kong (Xitoy) terma jamoasi egallagan bo‘lsa;

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rinni Indoneziya terma jamoasi,
2-o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi,
3-o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting