locale OZ

Chempionlarimiz sog‘lig‘ida cheklanishlar mavjud bolalar uchun tashkil etilgan sport bayramida ishtirok etishdi

Sportchilarimiz tadbirda so‘z olib, jarohat va cheklanishlar to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta'kidlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlarimiz sog‘lig‘ida cheklanishlar mavjud bolalar uchun tashkil etilgan sport bayramida ishtirok etishdi
Photo: Para Olimpiyada

Toshkent shahridagi Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazida sog‘lig‘ida cheklanishlar mavjud bo‘lgan bolalar uchun sport bayrami bo‘lib o‘tdi.

Rossiya fan va madaniyat markazi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi hamda "Oila birga" xayriya jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda para yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari Xusniddin Norbekov va Shahina Yigitaliyeva, shuningdek, para suzish bo‘yicha Jahon chempionati g‘olib-sovrindori Yegor Bolotov ishtirok etdi.

Sportchilarimiz tadbirda so‘z olib, jarohat va cheklanishlar to‘siq bo‘lmasligi kerakligini, inson o‘ziga ishonish orqali barcha jabhalarda, jumladan, sportda ham g‘alaba qozonishi mumkinligini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir yakunida chempionlarimiz jajji bolajonlar bilan adaptiv xokkey, voleybol kabi sport o‘yinlarida qatnashishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting