locale OZ

Chempionat yakunlari: eng yaxshi sportchilar hamda jamoalar taqdirlandi

Kattalar bahslarida erkaklar o‘rtasida eng yaxshi sportchi sifatida Sharofiddin Amriddinov tan olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionat yakunlari: eng yaxshi sportchilar hamda jamoalar taqdirlandi
photo: Og'ir atletika

Yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlariga ko‘ra, musobaqa davomida yuqori natijalar qayd etgan sportchilar va jamoalar bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Jumladan, yoshlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deya Bekzod G‘ofirjanov e’tirof etildi. Qizlar o‘rtasida esa ushbu sharafli nomga Ziyoda Xudoyqulova sazovor bo‘ldi.

Kattalar bahslarida erkaklar o‘rtasida eng yaxshi sportchi sifatida Sharofiddin Amriddinov tan olindi. Ayollar o‘rtasida esa Abdullayeva Shaxlo musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Shuningdek, chempionat yakunlariga ko‘ra viloyatlar kesimida ham eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, jamoaviy hisob natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Xorazm viloyati terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, kattalar o‘rtasida 15 ta medal (5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza), yoshlar o‘rtasida esa 13 ta medal (4 ta oltin, 4 ta kumush hamda 3 ta bronza) jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi hamda musobaqaning mutlaq g‘olibi sifatida e’tirof etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting