locale OZ

Chempion sportchidan yosh og‘ir atletikachilar uchun mahorat darsi

Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan uchrashuv davomida taniqli sportchi yosh og‘ir atletikachilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempion sportchidan yosh og‘ir atletikachilar uchun mahorat darsi
photo: og'ir atletika

Jahon va Osiyo chempioni, Islom birdamlik o‘yinlari sovrindori, O‘zbekiston terma jamoasining iqtidorli sportchilaridan biri Sharofiddin Amriddinov o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan Samarqand viloyatida bo‘ldi.

Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan uchrashuv davomida taniqli sportchi yosh og‘ir atletikachilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar jarayonida Amriddinov sportchilarga og‘ir atletikadagi texnik harakatlarni to‘g‘ri bajarish, kuch va chidamlilikni oshirish, musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida o‘z tavsiya va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, Sharofiddin yosh atletlar bilan samimiy suhbat qurib, ularga oldinda turgan nufuzli musobaqalarda omad va ulkan zafarlar tiladi. Uchrashuv davomida yosh sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob olib, chempion sportchining tajriba va tavsiyalaridan katta motivatsiya oldilar. Mazkur uchrashuv yosh atletlar uchun unutilmas taassurot va katta ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting