Chempion Anvar Abdullayev Octagon 74 turnirida jang qila olmaydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
21 iyun kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida MMA bo‘yicha Octagon 74 turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik o‘ta engil vazn chempioni Anvar Abdullayev oktagonga chiqishi kutilgan edi.
Biroq, liga matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Abdullayev jarohat sababli turnirda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda bevosita sportchining o‘zi xabar bergan.
Endi esa uning o‘rniga qozog‘istonlik Erasıl Shukatayev vaqtinchalik chempionlik — Octagon Interim kamari uchun jang qiladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas.
Bakradze Iman
Redaktor