«Chelsi» Upamekano uchun kurashga qo‘shildi
Uning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
“Chelsi” klubi “Bavariya” markaziy himoyachisi Dayot Upamekano transferi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda TeamTALK nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 26 yoshli himoyachining transfer narxini 60 million yevro atrofida baholamoqda.
Uning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Aristokratlar” Dayo bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.
Upamekano joriy mavsumda “Bavariya” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist