locale OZ

Charlz Oliveyra Makgregor – Xollouey jangi favoriti kimligini aytdi

Ushbu jang 11-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Charlz Oliveyra Makgregor – Xollouey jangi favoriti kimligini aytdi
FOTO: Getty Images

UFC'ning sobiq yengil vazn chempioni Charlz Oliveyra Konor Makgregor va Maks Xollouey o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida fikr bildirib, favorit kim ekanini aytdi.

Oliveyraning fikricha, jangning taqdiri ilk raundda hal bo‘lishi mumkin. Agar Makgregor jang boshida raqibini nokaut qila olmasa yoki yaqqol ustunlik namoyish etmasa, keyingi raundlarda ustunlik Maks Xollouey tomoniga o‘tadi.

«Birinchi raund ko‘p narsani hal qiladi. Maks so‘nggi janglarida besh raundlik bahslarga o‘rganib qolgan. Konor esa uzoq vaqt oktagonga chiqmagan. Agar u ilk raundda nokaut qayd etmasa yoki katta ustunlikka erishmasa, keyingi raundlarda imkoniyat Maks tomonda bo‘ladi», — dedi Oliveyra.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Maks Xollouey o‘rtasidagi revansh jangi 11-iyul kuni UFC 329 turnirining markaziy bahsi sifatida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting