locale OZ

CAVA Xalqaro voleybol musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAVA Xalqaro voleybol musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

2025-yil 10–16-iyun kunlari Toshkentdagi “Jar” sport majmuasida U-16 va U-19 yosh toifalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha xalqaro musobaqasi start oldi. Bu musobaqa ketma-ket uchinchi bor tashkil etilmoqda va bu yilgi bahslar nihoyatda yuqori saviyada o‘tishi kutilmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri A.Ikramov, Voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Abdullayev, tegishli tashkilotlar rahbarlari, xalqaro delegatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Marosim davomida so‘zga chiqqan rasmiylar voleybol sportining so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham, butun mintaqada ham jadal suratda rivojlanayotgani, xalqaro musobaqalarning esa yosh avlod sportchilari uchun muhim maydon bo‘layotganini alohida ta’kidlashdi.

Ishtirokchi jamoalar tantanali tarzda bayroqlar ostida yurib o‘tdilar. Bu musobaqa yosh sportchilar uchun nafaqat raqobat, balki madaniy almashinuv va xalqaro do‘stlikni mustahkamlash maydoniga aylanadi.

Tadbir doirasida bayramona konsert dasturi ham namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning mashhur san’atkorlari, folklor raqs jamoalari va yosh ijrochilar ishtirok etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot uchun: Musobaqada 🇮🇷 Eron, 🇮🇳Hindiston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇺🇿 O‘zbekiston. Davlatlarning terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting